Yaponiyada uchar mashinalar sinovi o'tkaziladi

Yaponiya shahrning jamoat maydonida uchar mashinalarning amaliy harakatini tashkil etish bo'yicha birinchi tajribalar o'tkaziladi. Hozirda uchar avtomashinani boshqarish uchun litsenziya olish shartlari, bunday qurilmalarning xavfsizlik mezonlari va boshqalar belgilanmoqda.

Uni uchta yirik korporatsiyalar ya'ni Mitsubishi Estate, Japan Airlines va Kanematsu savdo va investitsiya korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Birinchi bosqichda, Mitsubishi Estate Tokio markazidagi osmono'par binolarning tomlari va hududlarida uchar avtomobillar o'rnatish uchun joy tanlaydi.

Boshqariladigan uchar mashinalarning birinchi haqiqiy sinov parvozlari 2024-moliya yilida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Hozirda ular Japan Airlines sarmoya kiritayotgan Germaniyada joylashgan kompaniya tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Bir qator yapon kompaniyalari 2025-yilda uchar avtomobillardan tijoriy foydalanishni yo‘lga qo‘yish niyatida. Xususan, ular Osaka shahrida bo'lib o'tadigan Butunjahon ko'rgazmasida yo'lovchilarni tashish uchun ishlatilishi ko’zda tutilgan.

Hozirda uchar avtomashinani boshqarish uchun litsenziya olish shartlari, bunday qurilmalarning xavfsizlik mezonlari, foydalanish sohalari va boshqalar belgilanmoqda.

Yaponiya hukumati bu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish istagida bunga sabab sifatida, hukumat AQSh, Yevropa Ittifoqi va Xitoy kompaniyalarining uchar avtomobillarni joriy etishida raqobat kuchayib borayotganidan xavotirda ekani ko’rsatilmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Singapur keyingi yildan Germaniyada ishlab chiqarilgan uchar avtomobillarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

AQShning eng yirik banklaridan biri Morgan Stanley ma'lumotlariga ko'ra, 2040-yilga borib uchar avtomobillar global bozori 1,5 trillion dollarga yetishi mumkin.