Yaponiyadagi o’zbek elchixonasida kadrlar tayyrolash bo’yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida “Willtec Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Miyagi Chikara bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ya’ni IT injiniring va elektron maishiy texnika ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Chikara Miyagi kompaniyaning qurilish, IT injiniring va elektron maishiy texnika ishlab chiqarish sohalarida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha Vetnam va Myanmadagi o‘quv markazlari haqida to’xtalib o’tdi.
Markazlarda ta'lim bepul, ular mustaqil institutlar va universitetlar tomonidan tashkil etiladi. Bugungi kunga qadar Yaponiyadagi ushbu o‘quv markazlarida 1000 dan ortiq mutaxassislar tayyorlanib, ishga joylashtirildi.

Kompaniya prezidenti hozirda uning kompaniyasi xorijdagi tashkilotlarini kengaytirish, xususan, Indoneziya, Hindiston va Kambodjada ham ta’lim markazlarini tashkil etish ustida ish olib borayotganini ta’kidlab, O‘zbekistonda ham bunday markazlarni ochishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Buning uchun kompaniya birinchi navbatda tegishli tadqiqotlar olib borish, uning natijalari asosida Elchixonaga hamkorlik bo‘yicha aniq takliflar taqdim etish niyatida.

O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni so‘nggi yillarda mamlakatimizda mehnat migratsiyasi masalasida amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shu bilan birga, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot uchun, Willtec Co., Ltd. 1992-yilda tashkil etilgan. Unda 5567 nafar xodim ishlaydi. Yillik tovar aylanmasi esa 25,2 mlrd dollarga yenaga teng.