Yengil avtomobillar importi 2 baravardan oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʼzbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 280,4 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 12 017 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6113 taga yoki 2 baravarga oshgan.
“Lacetti-Gentra” avtomobilini ishlab chiqarish oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 baravarga oshgan.






