Yengil avtotransportda yo'lovchi tashish faoliyati o'zini o'zi band qilish sanaladi

“Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo'nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo'shimcha qulayliklar yaratish to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-sentabrdan avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron rasmiylashtirish yo'lga qo'yiladi.
Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.
Elektron ishonchnoma uchun davlat boji ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga (BHMning 3 baravari – 900 ming so'mga) nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
bir oygacha bo'lgan muddatga – 10 foiz (90 ming so'm);
olti oygacha bo'lgan muddatga – 50 foiz (450 ming so'm);
uch yilgacha bo'lgan muddatga – 100 foiz (900 ming so'm).
Yuridik shaxslar haydovchilarining 2 yilda 1 marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.
2022-yil 1-sentabrdan fuqarolar va yo'lovchi tashish litsenziyasiga ega yuridik shaxslar o'rtasidagi transport ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talab qilinmaydi. Bunda mazkur shartnomalar soliq organlarida elektron hisobga olinadi.






