Yer osti va yer usti metro bekatlarida savdo va xizmat koʼrsatish maydonchalari tashkil etiladi

Bu haqda АOKАda Toshkent metropoliteni” DUK mutasaddilari ishtirokida oʼtkazilgan brifingda maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, yil oxirigacha Toshkent metropoliteni uchun 5ta, 2022 yilda 14 ta toʼrt vagonli metro poezdlari xarid qilinadi va poezdlarning soni 80 taga yetkaziladi. Natijada metro poezdlarining oʼrtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqaradi.

2021-yil 1-sentyabrdan Chilonzor yoʼnalishi 3 minut va Oʼzbekiston yoʼnalishi boʼyicha birinchi marta 4 minutda ishlash tashkil qilinishi evaziga yoʼlovchilarni manzilga yetkazish vaqti 30 foizga qisqartirildi.

Zamonaviy reklama vositalari (elektron displey) oʼrnatilishi hisobiga reklamalar soni 3-4 barobarga oshiriladi. Yer osti va yer usti metro bekatlarida savdo va xizmat koʼrsatish maydonchalari tashkil etiladi va tadbirkorlarga elektron auktsion shartlarida ijaraga beriladi.