"Yer vaqti: Jahon miqiyosidagi fleshmob”

Sayyoramizda hajmi bo’yicha eng kata "Yer vaqti" deb nomlangan ekologik tadbir bo’lib o’tdi. Evronews.com bergan ma’lumotlarga ko’ra, uning maqsadi atrof muhitga bo’lgan munosabatda mas’uliyatni shakllantirishdab iboratdir. Bir paytning o’zida vaqtdagi farq bilan millionlab odamlar 60 daqiqaga chiroqni o’chirib qo’yishdi. 

Minglab shaharlarning me’moriy inshoatlarida yorug’lik simlari o’chirildi. Zulmat ostida Berlindagi Brandenburg darvozasi, Parijdagi Eyfel minorasi, Londondagi Big-Ben, Rimdagi Kolizey hamda Moskvadagi kata teatr qoldi.

Ushbu fleshmob ishtirokchilari soni oshib bormoqda. O’tgan yilda 190 ta mamlakayning yeti yarim mingdan ortiq shaharlari unda ishtirok etgan edi. 

Ushbu “Yer vaqti” aksiyasi ilk bor 2007 yilda Avstriyaning Sidney shahrida, yovvoyi tabiat Xalqaro fondining mahalliy bo’limi tashabbusi bilan o’tkazilgan edi. Keyingi yildan boshlab tabdir, xalqaro unvonini oldi. 

“Yer vaqti” ramziy ma’noga ega. Bu yerda elektrni tejash haqida emas, balki insonlarga Yer sayyorasi ekologiyasidagi muammolarni eslatish maqsad qilib olingan. Bir vaqtning o’zida bu, iqlimdagi o’zgarishlarga befarq bo’lmaslik haqidagi chaqiriqdir. 

Bu yil tashkilotchilar, tabiatning barbod bo’lishi va pandemiya holatini bir-biri bilan bog’lashni istashgan.