Yerga egalik huquqi soddalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning qabul qilingan qaroriga muvofiq, O'zbekistonda joriy yilning 1-avgustidan boshlab hokimliklarning yer ajratish vakolatlari bekor qilinadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi belgilandi.

Ta'kidlash joizki, ushbu o'zgarish fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun yer olishlariga turtki bo'lib xizmat qiladi. Endilikda, yer uchastkalari byurokratiyasiz raqobat asosida sotib olinadi va ijaraga beriladi.