YETTB Boshqaruvchilar Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi

1-iyul kuni videokonferensiya shaklida Sardor Umurzakov ishtirok etgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Boshqaruvchilari Kengashining yillik yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig'ilishda YETTB Prezidenti yaqin kelajakda Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, pandemiyadan kelib chiqadigan iqtisodiy oqibatlarni yumshatish, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishni kengaytirish, “yashil” investitsiyalar va aksiyador mamlakatlar iqtisodiyotini raqamlashtirishni e’lon qildi.
Sardor Umurzakov nutqi davomida ta’kidlandiki, O‘zbekiston bilan hamkorlik boshlanganidan buyon YETTB 97 ta loyihani amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiyotiga jami 2,4 milliard yevrodan ortiq investitsiya kiritgan.
Uchrashuv yakunida YETTB Boshqaruvchilari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2022 yilda Marokashda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.






