Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘llari

28-oktabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YIK) Hay’ati raisi M.Myasnikovich bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston va YIUga aʼzo davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida YIK bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, unda mamlakatning savdo, sanoat, bojxona va soliq ma'muriyati, texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya standartlari, energetika, farmatsevtika, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalar bo'yicha tegishli vazirlik va idoralarining hamkorligi boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻzda tutilgan.

Tomonlar, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun YIUga a’zo davlatlarning potentsial investorlarini jalb qilish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.