Yevropa aeroportlarida norozilik aksiyalari o’tkazilmoqda

Koronavirus pandemiyasidan jiddiy zarar ko'rgan aviakompaniyalarning bir necha yuz xodimi o'z ish joylarini saqlab qolish maqsadida, Parijning Roissi Sharl de Goll aeroportida norozilik aksiyasini o'tkazmoqda.

Euronews.com saytida ta'kidlanganidek, pandemiya sababli fevral oyida Parij aeroportlarida band o’rinlar soni yana pasayib ketdi, yo'lovchilar soni o'tgan yilga nisbatan 80 foizga tushib ketdi.

Londonning Xitrou aeroportidagi immigratsiya rasmiylari ham Pasxa dam olish kunlari vaqtida kadrlar o’zgarishi sabab norozilik chiqishlarini o’tkazishni rejalashtirishmoqda. Kasaba uyushmalarining so’zlariga ko’ra, bu holat Buyuk Britaniyaga kelayotgan yo'lovchilarning soatlab kechikishiga sabab bo'ldi. Aeroport tijorat xizmatlari xodimlari, shuningdek, qabul qilib bo’lmaydigan shtat jadvallari tufayli 1 apreldan ishga kelmasliklarini aytishdi.

Buyuk Britaniyaning aeroportlari orqali juda kam odam sayohat qiladi - xalqaro reyslarga faqatgina aytarli sabablari bo’lgan insonlarga ruxsat beriladi. Qolganlariuchun taqiq kamida may oyining o'rtalariga qadar amal qiladi.