Yevropa Ittifoqi 2024-yilgacha barcha gadjetlarni Type-C orqali quvvatlantirishga o’tadi

2024-yilning kuziga kelib, Yevropa Ittifoqida sotiladigan barcha gadjetlar, jumladan, planshetlar, elektron kitoblar, quloqchinlar, raqamli kameralar va portativ o‘yin pristavkalari USB Type-C porti orqali quvvatlanishi kerak. Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi (YeI) Kengashi vakillari bu borada kelishib oldi.

“Yangi qoidalarga ko‘ra, iste’molchilar har safar yangi uskuna sotib olganlarida yangi zaryadlovchi va kabelga ehtiyoj qolmaydi, ular o‘zlarining barcha kichik va o‘rta o‘lchamli portativ elektron qurilmalari uchun bitta zaryadlovchidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi”, deyiladi Yevropa parlamenti bayonotida.

Qayd etilishicha, smartfon va planshetlar o'rnatilgan barcha qutilarda bir xil kabellar bo'lishi taxmin qilinmoqda (adapter bo’lmaydi).

Ma`lum qilinishicha, bu gadjetlar uchun zaryadlovchi qurilmalarga yagona texnologik talablarni belgilovchi direktiva bo'yicha dastlabki siyosiy qarordir. Yevroparlament bu qarorni “Yevropa Ittifoqida elektron chiqindilarni kamaytirish va iste’molchilar hayotini osonlashtirish yo‘lidagi muhim qadam” deb atadi.

Parlament aʼzolarining hisobotida aytilishicha, yevropalik isteʼmolchilar yangi zaryadlovchi qurilmalarni xarid qilmasdan jami 250 million yevrogacha tejashlari mumkin. Yevroparlament maʼlumotlariga koʻra, har yili umumiy ogʻirligi taxminan 11 ming tonna boʻlgan zaryadlovchi qurilmalar chiqindiga tashlab yuboriladi.