Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Moskva hamda Minskdagi ofisi faoliyatini to’xtatmoqda

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Moskva va Minsk shahridagi ofislarini yopishga qaror qilganini e’lon qildi.
"YeTTB Moskva va Minskdagi ofislarini yopish jarayonida turganini e’lon qiladi", deyiladi bank matbuot xabarnomasida.
YeTTBning ta’kidlashicha, bunday qarorga kelinishiga "Rossiya Federatsiyasining Belarus yordamida amalga oshirayotgan harakatlari natijasi sabab bo‘lgan".






