Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan O’zbekiston elektr energiyasi sohasi uchun 47.1 mln. dollar kredit ajratadi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratilayotgan kredit mablag’i Xorazm va Buxoro viloyatlarining Sarimay va Jankeldi qishloqlari o’rtasida o’tuvchi yangi tarmoq qurilishiga sarflanadi. Bu tarmoq O’zbekistonda yangi qurilayotgan ikkita Shamol elektr stansiyalarini milliy elektr tarmog’iga ulaydi.

Ma’lumot uchun, Shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 1 GVt ga teng. Ushbu elektr stansiyalari loyihasi mamlakatning shimoliy hamda janubi-g’arbiy hududlarida elektr energiyasi muammolarini bartaraf etadi.