Yevropaga eksport hajmini 700 million dollarga yetkazish vazifasi qoʼyildi

Oʼzbekiston “GSP+” tizimiga qoʼshilganiga bir yildan oshdi. Yevropa bozorida sotiladigan tayyor mahsulotlar uchun transport xarajatlariga 70 foizgacha subsidiya berilmoqda.
Lekin, “GSP+”ga kiradigan 6 ming 200 ta bojsiz mahsulotning bor-yoʼgʼi 325 turi eksport qilinayotgani koʼrsatib oʼtildi.
Sababi - korxonalarimiz yirik yetkazib berish zanjirlariga qoʼshila olmayapti, xalqaro sertifikati yoʼq. Sifati yaxshi boʼlsa ham, mahsulotini sota olmayapti.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga Yevropaga kelgusi yilda sanoat eksportini 600 ta mahsulotga, eksport hajmini 700 million dollarga yetkazish vazifasi qoʼyildi.






