Yevropaning yashash uchun eng arzon davlatlari e’lon qilindi

2023-yilda yashash uchun Yevropaning eng arzon davlatlari e’lon qilindi. Ma’lumotlarda qayd etilishicha, Ruminiya, Bolgariya va Albaniya Yevropaning yashash uchun eng arzon davlatlari deb topilgan.

Ruminiya: Sharqiy Yevropada yashash xarajatlari eng past bo‘lgan mamlakat bir qator sabablarga ko‘ra ko‘plab xorijliklar uchun mashhur ko‘chish joyidir. Jumladan do‘stona muhit, arzon oziq-ovqat, munosib turmush sharoiti va go‘zal mamlakat. Ruminiyada bir kishi boshiga yashash narxi oyiga taxminan 499 dollarni tashkil etadi, uy-joy ijarasi bundan mustasno.

Bolgariya ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egallagan. Mamlakatdan arzon qishloq mulki yoki shahardagi hashamatli kvartiralarni ehtiyoj va budjetga moslab topish mumkinligi kafolatlanadi. Bolgariyada ijara haqini hisobga olmaganda kishi boshiga yashash narxi oyiga taxminan 506 dollarni tashkil qiladi.

Albaniya: reyting bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallagan ushbu davlatni maftunkor tabiat va arzon turmush sharoiti ko‘plab xorijliklar uchun ajoyib tanlov. Albaniyada ijara haqini hisobga olmaganda bir kishi uchun taxminiy yashash narxi oyiga taxminan 420 dollarni tashkil qiladi. Poytaxt Tiranada uyni ijaraga olish oyiga o‘rtacha 400 dollar, boshqa shaharlarda esa 150-250 dollar turadi.

Chexiya: Yevropada yashash uchun eng arzon mamlatlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rin bo‘lgan nisbatan kichik mamlakat boy va uzoq tarixga ega, shuningdek, xavfsiz va qulay. Chexiyada kishi boshiga yashashning taxminiy qiymati 627 dollarni tashkil etadi (ijaradan tashqari).

Polsha: beshinchi o‘rindagi bu mamlakat Yevropaning eng go‘zal manzillaridan biri. Polshada kishi boshiga oylik yashash xarajatlari ijara haqini hisobga olmaganda 525 dollarni tashkil qiladi. Poytaxt Varshavada uy-joy ijarasi oyiga o‘rtacha 400-700 dollarga tushadi, undan tashqarida esa 200 dollar.