YeXHT demokratik institutlar va inson huquqlari byurosining O'zbekistonga tashrifi

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 30-aprel kuni direktor Matteo Mekachchi boshchiligidagi demokratik institute va inson huquqlari byurosi (DIIHB/YeXHT) kuzatuv missiyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyodagi Respublikaga ishchi tashrif bilan kelgan mehmonni qutlar ekan, O'zbekiston, byuro ekspertlarining vijdon erkinligi to'g'risidagi qonun loyihasini va inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiyani ishlab chiqish borasidagi hamkorligini yuksak qadrlashini ta'kidladi.  

Xususan, O'zbekiston Respublikasi saylov kodeksini takomillashtirishda DIIHBning faoligi qayd etildi. 

Uzoq muddatli hamkorlik masalalari bo'yicha O'zbekiston va YeXHT DIIHB o'rtasida, eng avvalo, so'z erkinligi, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, inson huquqlari, din va e'tiqod, ta'lim sifatini oshirish, borasida fikr almashildi. 
   
Delegatsiya O'zbekiston prezidentiga samimiy qabul hamda inson huquqlari sohasida samarali ish olib borgani va ilg'or xalqaro amaliyot asosida bajarilayotgan demokratik o'zgarishlarning huquqiy asosini mustahkamlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Byuroning yuqori martabali vakili konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini ta'kidladi. Ushbu hamkorlik belgilangan yo'nalishlar bo'yicha davom etadi hamda yanada rivojlanadi.