Yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun mobil elektron resurs va multimedia mahsulotlari yaratiladi

“2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.
Unga ko’ra:
2024-yil 1-sentabrga qadar Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishi, shu jumladan, 2022-yil yakuniga qadar 3-, 6-, 7- va 10-sinflar uchun, 2023-2024-yillarda 4-, 5-, 8-, 9- va 11-sinflar uchun darsliklar, mashq daftarlari hamda o‘quv qo‘llanmalar yaratilishi ta’minlanadi.
Maxsus elektron tizimlar (S-testing, Onlineedu, Raqamli darsliklar va boshqalar) orqali:
2022-yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron resurs va 100 ta multimedia mahsulotlarini yaratiladi;
2022-yil 1-sentabrga qadar 3-, 6-, 7- va 10-sinf o‘qituvchilarini Milliy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi;
pedagog kadrlar hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan bo‘shliqlardan, shuningdek, ota-onalar, ekspertlar va boshqa shaxslarning takliflaridan kelib chiqib, Milliy o‘quv dasturi doimiy ravishda takomillashtirib boriladi.






