Yillik Majlis vazifasi investitsiya va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat

Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining Toshkentda o'tkaziladigan yillik Majlisi ikki va ko'p tomonlama muzokaralar o'tkazish hamda turli mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikning muhim masalalarini muhokama qilish uchun platforma hisoblanadi.
Jumladan, Majlisning uchinchi kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov Bahrayn Qirolligi moliya va milliy iqtisodiyot vaziri Shayx Salmon bin Xalifa Al – Xalifa, Saudiya Arabistoni Podshohligi Moliya vaziri Muhammad Al-Jadaan va Turkiya Respublikasi g'aznachilik va moliya vaziri Lutfi Elvan bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
Uchrashuvlar chog'ida investitsiya, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati, mavjud kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, ustuvor tarmoqlarda yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko'rib chiqildi. O'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma tashabbuslarni ilgari surish bo'yicha keyingi qadamlar belgilangan.






