Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar tanlab olinadi

Hukumatning tegishli qarori bilan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Yirik investitsiya loyihasi deyilganda qiymati kamida 10 mln dollari ekvivalentidagi investitsiya loyihasi tushuniladi.

Loyihani amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflar Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʼyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tanlab olinadi.

Loyiha doirasida:

qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlarda – faqat qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xoʼjaligi maqsadlarida;

qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yerlarda – qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

Uy-joy va koʼp kvartirali uylar qurilish loyihalari yirik investitsiya loyihasi hisoblanmaydi va koʼrib chiqilmaydi.

Tanlangan yerga boʼlgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investitsiya loyihasi boʼyicha takliflar koʼrib chiqilmaydi.