Yolgʼiz qariyalar, ehtiyojmand oilalarga yordam ko’rsatiladi

Yig’ilishda, hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari uyma-uy yurib, aholidan xabar olishlari kerakligi koʼrsatib oʼtildi. “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasidan yolgʼiz qariyalar, koʼp farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng ogʼir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish topshirildi.
Har bir dehqon bozorida sharoitlarni yaxshilash va narx-navo tartibga solish, yirik korxonalar, ijtimoiy obyektlar rahbarlari xodimlarini uyushgan holda ishga olib kelishga avtobus qatnovlarini tashkil etish vazifasi qoʼyildi.
Yongʼinni oldini olish boʼyicha amaliy va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, xonadonma-xonadon isitish vositalaridan toʼgʼri foydalanish boʼyicha tushuntirish ishlarini tashkil qilish boʼyicha topshiriq berildi.






