V International Tashkent Marathon qanday bo'lib o'tdi?

12-mart kuni Humo Arena sport majmuasining maydonida V International Tashkent Marathon start oldi. Nufuzli xalqaro sport musobaqasida ishtirok etish maqsadida Toshkentga 34 ta davlatdan sportchilar tashrif buyurdi. Professional sportchilar va yugurish sportining havaskorlari 3, 10, 21 va 42 km masofalarda yugurishdi.

Marafonni tashkil etishda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, , O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Toshkent shahri hokimiyati va O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi ishtirok etdi. 

Marafonni ocharkan, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, bugungi ob-havo sharotiga qaramay, International Tashkent Marathon katta "sport oilasining" qismi bo‘lgan 5 mingga yaqin ishtirokchi to‘planganini ta'kidlab o‘tdi. Har yili, bahor kirib kelishi bilan, Toshkent marafoni barcha yugurish sporti havaskorlari uchun yangi yugurish mavsumini ochib, oldinda yana ko‘plab sport ommaviy yugurish musobaqalari va marafonlar kutmoqda.

V International Tashkent Marathon umumiy mukofot fondi  259 mln 720 t. so‘mni tashkil qildi. 42 km masofada birinchi o‘rinni egallagan g‘olib uchun  30 mln so‘m ajratilgan (II o‘rin uchun – 20 mln so‘m, III o‘rin uchun -  15 mln so‘m, IV o‘rin uchun – 10 mln so‘m, V o‘rin uchun – 8 mln so‘m, VI o‘rin uchun – 5 mln so‘m).

Yarim marafon ishtirokchilari uchun quyidagi pul mukofotlari ko‘zda tutilgan: I o‘rin uchun – 20 mln so‘m, II o‘rin uchun – 15 mln so‘m, III o‘rin uchun -  12 mln so‘m, IV o‘rin uchun – 8 mln so‘m, V o‘rin uchun – 6 mln so‘m, VI o‘rin uchun – 4 mln so‘m. 10 km masofaga ommaviy yugurish g‘oliblari I o‘rin uchun – 6 mln so‘m, II o‘rin uchun -  4 mln so‘m, III o‘rin uchun – 2 mln so‘m qo‘lga kiritdi. 3 km masofaga yugurish g‘oliblariga qimmatbaho sovrinlar topshirildi.