Yosh chempion taqdirlanadi

Bugun, 3 – yanvar kuni eng yosh jahon chempioni Nodirbek Аbdusattorovga «Mard oʼgʼlon» davlat mukofoti hamda 2 xonali kvartiraning kalitlarini topshirish tadbirlari bo’lib o’tadi.

2022-yil 3-yanvar kuni, soat 12:00da O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida O’zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi, Shaxmat Federatsiyasi, Milliy Olimpiya qo’mitasi tomonidan shaxmatning rapid yo'nalishi bo'yicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti va 2 xonali xonadon kalitini topshirish marosimi hamda 13:00da "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida yosh chempionimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.