YouTube platformasining yangi dizayni sinovdan o’tkazilmoqda

YouTube so'nggi haftalarda yangi bosh sahifa dizaynini faol sinovdan o'tkazmoqda. Ta’kidlanishicha, yangi dizayn veb va mobil versiyada namoyon bo’lmoqda.

Ayni paytda, eskizlar endi bosh sahifada, shuningdek, qidiruv va video sahifalarida yumaloq burchaklarga ega. Ya'ni turli mavzulardagi karusel burchaklari yumaloqroq to‘rtburchak ko‘rinishida bo'lgan. "Shorts" roliklar burchaklari bosh sahifada ham video sahifasidagi qidiruvda ham yanada dumaloqlashdi. Layk/dizlayk, "ulashish" va boshqa tugmalar endi tabletka shakliga ega bo’ladi.

Kompyuterlar uchun ish stolida ham bir qancha o'zgarishlar mavjud. Eng muhimi, avval kulrang ko'rinishda bo'lgan ish stoli hozir "AMOLED" ya'ni tim qora rangga o'zgartirilgan.

Android uchun YouTube Music ham ushbu dizaynga oʻtdi. Bundan tashqari, ba'zi karusellar, masalan, Shortslar, och kulrang konturli alohida kataklarga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, YouTubening bosh sahifasini qayta loyihalash ayni damda keng tarqalmagan va sinov jarayonlarida. Shuningdek, yangi dizayn foydalanuvchilar tomonidan maqullanganidan so’ng tasdiqlanishi haqida ham ma’lumotlar mavjud.