Yoʼl bezoriligiga chek qoʼyiladi

YPX vakillarining shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanishi borasidagi huquqlari kengaytiriladi.

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʼlat Bobojonov maʼlum qilishicha,

Yoʼl harakati xavfsizligi bilan bogʼliq qonunchilik takomillashtiriladi;

Transport vositasini qasddan tartibsiz boshqarish, oʼzboshimchalik bilan harakat qatnashchilarini toʼxtashga majbur qilish orqali xavfni yuzaga keltirganlik («yoʼl bezoriligi») uchun javobgarlik belgilanadi;

Oʼqitmasdan va oʼrgatmasdan haydovchilik guvohnomasini berganlik uchun ham jazo choralari koʼzda tutiladi;

Yoʼl-patrul xizmati xodimlarining xizmat faoliyatiga noqonuniy aralashish, toʼsqinlik qilish holatlarning oldini olish maqsadida YPX vakillarining shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanishi borasidagi huquqlari kengaytiriladi;

Haydovchilarga yoʼl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi. Аgar haydovchi tomonidan 12 oy davomida sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballarining umumiy miqdori 12 balldan oshsa, u transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga esa bonus ballari hisoblab boriladi;

Xalqaro standartlardan kelib chiqib, Yoʼl harakati qoidalarining yangi tahririni ishlab chiqiladi. Unda, jumladan, Toshkent shahri va yirik shaharlardagi markaziy koʼchalarda transport vositalari harakatlanishining tezlik cheklovlari qayta koʼrib chiqiladi;

Аvtomobil yoʼllarida transport harakatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish faoliyati raqamlashtiriladi;

Soha xodimlarining faoliyatiga sunʼiy intellektga asoslangan «inson omili» taʼsirini cheklovchi raqamli texnologiyalarning joriy etilishi xodimlar tomonidan fuqarolar bilan manfaatli muloqotga kirishish holatlariga barham beradi.