Yo‘qotishlarning oldini olish uchun bugun faqat vaksinatsiyalashdan boshqa imkon yo‘q - Aziz Abduhakimov

Poytaxtimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, jumladan, vaksinatsiya jarayonlarini sifatli yoritish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘z ishini boshladi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov unda nutq so'zladi.
Qayd etilishicha, vaksinatsiya insonlarni yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Ba’zan ayrim ijtimoiy tarmoqlarda vaksinatsiyaning asossiz tanqidi, ayrimlarning vaksinatsiyadan keyingi asorati orqali kelib chiqqan bo‘rttirmalari hisoblanadi.
— Yo‘qotishlarning oldini olish uchun bugun faqat vaksinatsiyalashdan boshqa imkon yo‘q, bugungi kunda mamlakatimizda sinovdan o‘tgan, ijobiy ta’sir ko‘rsatgan barcha vaksinalar mavjud. Ammo afsuski, aholi o‘rtasida vaksina jarayonlarini to‘liq amalga oshirilmaganligi katta tashvish chiqarmoqda. Ayrim xorijiy davlatlarda 4 marta vaksinalash jarayonlarini boshlashdi. bugungi kunda davlatimiz rahbarini tashvishga solayotgan muammo ham shunda. Tahlillarga ko‘ra, bugun keng tarqalayotgan omikron vaksina olganlarda hali aniqlanmadi. Sizlardan iltimosim davlatni, tibbiyotni og‘ir ahvolga solmaylik – deydi A.Abduhakimov.






