Zamonaviylikdan ortda qolgan fanni saqlab turishda nima maʼno bor?

“Balki ayrim fanlarni qisqartirarmiz, zamonaviy fanlarni koʼpaytirarmiz. Negadir biz qisqartirishdan qoʼrqamiz. Аgar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima maʼno bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy oʼquv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?”,- deya ta’kidladi Prezident nutqi davomida.

“Biz “Bolalar yomon boʼlib ketdi” degan fikrdan voz kechishimiz kerak. Oʼzimizga savol qoʼyaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular oʼzimizning farzandlarimiz. Sizlar bilan bir tanu bir jon boʼlib, jonajon Oʼzbekistonimizning kelajagi haqida oʼylashimiz shart”, — Shavkat Mirziyoyev.