Davlat bojxona qo'mitasi raisining o'rinbosari tayinlandi

Qishloq xo'jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan O'tkirjon G’ayratovich Qodirov, Davlat bojxona qo'mitasi raisining o'rinbosari etib tayinlandi.

O'tkirjon Qodirov 1984 yilda Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O'zbekiston Respublikasining strategik tahlil va prognozlash maktabini tamomlagan.

O'tkirjon Qodirov O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida yuqori lavozimlarda ishlagan.