1 iyuldan boshlab fuqarolarga STIR berish bekor qilinadi

O'zbekiston Prezidentining 2021-yil 23-martdagi 6191-sonli farmoni bilan ma'muriy to'siqlar, masalan, elektron tizim orqali olish mumkin bo'lgan qog'oz shaklidagi ma'lumotnomalar va ish faoliyati uchun ahamiyatsiz bo'lgan hujjatlar yo'q qilinadi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 1 iyulidan boshlab davlat tashkilotlari fuqarolardan STIR talab qila olmaydi. Bundan buyon ushbu hujjatni "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali mustaqil ravishda ko'riladi.

Aholiga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimidagi Islohotlar, ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

2021 yil 1 iyundan boshlab 16 yoshga to'lgan shaxslarga davlat soliq xizmati organlarida soliq to'lovchilar sifatida ro'yxatdan o'tish bilan bir vaqtda identifikatsiya ID-kartalari berila boshlandi.

Shu asosda, 2021 yil 1 iyuldan boshlab soliq to'lovchilarni soliq organlarida hisobga olish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL) yordamida amalga oshiriladi.

Bunda soliq to'lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatish bekor qilinadi.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlar ko'rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi, bunda davlat organlari va tashkilotlariga jismoniy shaxsni identifikatsiya qiluvchi alohida raqamlar joriy qilish taqiqlanadi.

Bu, o'z navbatida, fuqarolarning vaqtini tejaydi va ularda mavjud bo'lgan ma'lumotlarning har bir davlat organida bir xilda saqlanishiga xizmat ko'rsatadi.