2021-yilda O‘zbekistonda eng qimmat go‘sht quyon go‘shti bo‘ldi

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat chakana savdo do‘konlaridagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha narxlarini e’lon qildi. E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikada eng qimmat go‘sht quyon go‘shti bo‘lgan.
Bundan tashqari, rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra, quyon go'shti faqat do'konlarda sotiladi, dehqon bozorlarida esa yo'q.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida quyon go‘shtining o‘rtacha narxi bir kilogramm uchun 71 708 so'm bo‘lgan. Bundan tashqari, agar yanvar oyida bir kilogramm parhez go‘sht narxi 54 386 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, noyabr oyida bir kilogrammi 78 569 so‘mga ko‘tarilgan.
Yuqoridagi maʼlumotlardan koʻrinib turibdiki, oʻtgan yili narx segmentida ikkinchi oʻrinda qo'y goʻshti bir kilogrammi oʻrtacha 66 521 soʻm, uchinchi oʻrinda mol goʻshti 64069 soʻm boʻlgan.
Undan keyingi o‘rinlarni baliq – 30 890 so‘m, parranda go‘shti – 24 661 so‘mni tashkil etgan.






