2021 yildagi eng yirik IPO

"Koreyadagi Amazon"ning asoschisi muvaffaqiyatli IPO ni muvaffaqiyatli amalga oshirgandan so’ng milliarderga aylandi. U biznesni boshlash uchun Garvardni tark etgan edi.

Janubiy Koreyaning elektron tijorat bo’yicha giganti hisonlangan Coupang 2021 yilda AQShda eng yirik IPOni o'tkazdi. Bu esa o’z navbatida uni multimilliarder Bom Kimga aylantirdi. Tadbirkorning boyligi 11,1 milliard dollarga o'sdi. Kim Garvard biznes maktabida o'qigan, ammo 2010 yilda Janubiy Koreyaga qaytib, o'z kompaniyasini ochish uchun o’qishni tashlab ketgan.

Coupang ning IPO si AQShda Osiyo kompaniyalari uchun 2014 yildan beri eng yirigi bo'ldi, deb yozadi BBC. Kompaniya byudejt zarariga ishlayotgn bo’lsada, pandemiya paytida onlayn xaridlarning ko'payishi tufayli uning daromadi 2020 yilda deyarli ikki baravarga oshdi.

11 mart, payshanba kuni Nyu-York fond birjasidagi birinchi savdo vaqtida Coupang 41 foizga ko'tarildi. Bu Uber aksiyalari 2019 yilda ommalashganidan beri AQShdagi eng yirik IPO bo'ldi. Coupang ni ko'pincha Janubiy Koreyaning “Amazon”i nomi bilan ataladi.

Eng yirik investori Yaponiyaning SoftBank transmilliy korporatsiyasi hisoblangan kompaniya, ombor ishchilari va 15 ming doimiy kuryerlarni 90 million dollarlik aksiyalar bilan ta'minlashini ma'lum qildi.