2022 yilda meva yetishtirilishi 4,6% ga oshgan

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 3 mln. tonna meva yetishtirilgan.

-Bu ko‘rsatkich 2021 yil bilan solishtirilganda 4,6 % ga oshgan.
-Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan meva umumiy hajmining 53,5 % – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 43,3 % – fermer xo‘jaliklariga, 3,2 % – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.