Aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish Qonun bilan belgilandi

“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Unda belgilanishicha, fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar beriladi.
Qonunga ko'ra, favqulodda vaziyatlar ro'y berish manbaiga qarab quyidagilarga bo'linadi:
tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar;
texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Fuqarolarga favqulodda vaziyatlar zonalarida ishlaganligi uchun bepul tibbiy xizmat, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlar beriladi.
Prognoz qilingan yoki ro'y bergan favqulodda vaziyatning ko'lami va holatiga qarab muayyan hududda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining quyidagi rejimlari o'rnatiladi:
kundalik rejim – muayyan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar ro'y berishi xavfi mavjud bo'lmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar ro'y berishi xavfi mavjud bo'lganda;
favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar ro'y berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid axborotni yashirish, o'z vaqtida taqdim etmaslik yoki bila turib yolg'on axborot taqdim etish taqiqlanadi.






