AQShda binafsha rangli GM pomidorlarini yetishtirishga ruxsat berildi

AQSH davlat inspeksiyasi (APHIS) mamlakat hududida geni o‘zgartirilgan pomidor navini yetishtirishga ruxsat berdi. Bu pomidorlar foydali antosianlar bilan to‘yintirilgan, deyiladi xabarlarda.
Ta'kidlanishicha, pomidorning rangi g‘ayriodatiy — binafsharang. Bu tusni unga aynan antosianlar beradi. Yangi navni yaratish uchun olimlar uning geniga antosianlar sintezini muvofiqlashtiruvchini qo‘shishdi. Muvofiqlashtiruvchi esa ko‘pyillik o‘simlik — ajdargul (antirrinum, lotincha — Antirrhinum)dan olingan.
2008-yilda Keti Martin va uning ushbu tadqiqot markazidagi hamkasblari g'ayrioddiy genetik jihatdan o'zgartirilgan antosiyanin bilan boyitilgan pomidorlarni namoyish qilishgan. Bu o'simlik pigmentlari juda foydali deb hisoblanadi: ular antioksidantlar sifatida ishlaydi, yallig'lanishni kamaytiradi, diabet va gipertenziya xavfini kamaytiradi.
Shuningdek, tajribalar binafsharang pomidor bilan oziqlantirilgan sichqonlar birmuncha uzoqroq umr ko‘rishini ham isbotladi.
AQSH — geni o‘zgartirilgan binafsharang pomidor yetishtirishga ruxsat etilgan yagona mamlakat. Navbatdagi mamlakat Buyuk Britaniya bo‘lishi kutilmoqda.






