Аrmaniston prezidenti Armen Sarkisyan isteʼfoga chiqdi

«Men uzoq oʼyladim va toʼrt yillik faol mehnatdan soʼng Аrmaniston prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqish qaroriga keldim. Bu hech qanday hissiyotlar taʼsiridagi emas, balki mantiqqa asoslangan qaror», — deyiladi prezident saytida joylangan murojaatda.
Armen Sarkisyan 2018-yilning bahorida Armanistonning to‘rtinchi prezidenti bo‘lgan edi. Ma’lumoti bo‘yicha fizik, Armanistonning turli mamlakatlardagi elchisi, 1996−1997 yillarda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan.






