COVID-19-dan tiklanishiga yordam berish uchun barqarorlik indeksi o'rnatildi

Islom taraqqiyot banki (IsDB) AAA reytingi bo‘yicha siyosatchilarga iqtisodiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlarni yaratishga yordam berish maqsadidi yangi Barqarorlik indeksini ishga tushirdi.
«COVID-19 pandemiyasining eng og‘ir oqibatlaridan biri – bu iqtisodiy barqarorlikdir. Bizning iqtisodiy tizimlarimiz bugungi kunda globallashgan va murakkabdir. Shuning uchun ushbu indeksni siyosatchilarga yanada barqaror iqtisodiyot yaratish borasidagi yutuqlarini kuzatishga yordam berish uchun ishlab chiqdik», deydi Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jasser
O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘illikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulovning ta'kidlashicha,- «O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi mahalliy muhim muammolarga sababchi bo‘ldi, jumladan sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishdagi qiyinchilik, ishchi kuchi uchunsalbiy oqibat hamda lokdaun tufayli iqtisodiy faoliyatni keskin to‘xtatilishi kabilar».
Barqarorlik indeksi IsDB-ga a’zo 57 mamlakatning siyosatchilariga iqtisodiy barqarorlikni oshirish borasida ilgarilab ketayotganlarini kuzatishga yordam beradi.






