Dam olish va bayram kunlarida ishlash qonun bilan taqiqlanadi

Istisno xollarda, xodimlar dam olish kunlarida ishga jalb qilinishi mumkin, ammo bu kunlar uchun ish haqi kamida ikki baravar to'lanishi kerak.

Mehnat kodeksining 130 va 132-moddalariga ko'ra, dam olish kunlarida ishlash ta'qiqlanadi. Ish beruvchining buyrug'i bilan yakka tartibdagi ishchilarni dam olish kunlarida ishlashga jalb qililishga faqat alohida hollarda jamoa shartnomasida belgilangan asoslar va tartibda, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.

Bayram (ishlamaydigan) kunlarda ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk - tushirish ishlarida ishlashga yo'l qo'yiladi.