Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Xalqaro forum ishtirokchilariga murojaat etdi

Xalqaro forumning ochilish marosimi sharafiga mamlakatimiz rahbari tadbir ishtirokchilariga murojaat qildi.

- Bundan qariyb olti yil avval BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan 2030 yilga qadar barqaror rivojlanishning 17 ta global maqsadi va 169 ta vazifasi asosida barcha mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston ham o‘zining milliy maqsad va vazifalarini ishlab chiqdi va bugungi kunda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.

Ana shu ustuvor maqsad va vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlashda, hech shubhasiz, parlamentlarning roli alohida ahamiyatga ega.