Etnosport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi

“Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Etnosport turlarini 2025-yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi hamda uni 2022–2023-yillarda amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlandi.
Shunga ko'ra, 2023-yil 1-martdan har yili etnosport turlari bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi.
2023-yildan an'anaviy tarzda:
Toshkent shahrida har yili bir marotaba etnosport turlari bo'yicha “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivali;
Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi.
2022/2023-o'quv yilidan Respublika estrada sirk kollejida polvonlik va dorbozlik san'ati yo'nalishida o'rta bo'g'in kadrlari tayyorlanadi.
2023-yildan har ikki yilda bir marotaba polvonlar va dorbozlar ishtirokida “Polvonlar sulolasi” ko'rik-tanlovi o'tkaziladi.
Shuningdek, YUNESKO tashkilotidan nomoddiy madaniy meros maqomi olinishi mumkin bo'lgan etnosport turlari ro'yxati shakllantiriladi.
2023-yil 1-yanvargacha har bir hududda ot sporti turlariga tegishli anjomlar savdosini yo'lga qo'yish maqsadida do'konlar tashkil etiladi.






