«Euronews» telekanalida o’zbek oshxonasi haqida rolik efirga uzatildi

Euronews telekanalida “O'zbek lag'monining siri: tanlab olingan mahsulotlar va chaqqonlik” nomli reportaj namoyish etildi. O‘zbekistonning eng boy madaniyati va an’analari bilan o’z muxlislarini tanishtirib kelayotgan Euronews bu gal muxbir Galina Polonskaya ishtirokida taniqli oshpaz, pazandachilik kitoblari muallifi va restoranchi Baxriddin Chustiy bilan suhbatlashdi.

Ta’kidlanishicha, Euronews muxbiri Galina Polonskaya va oshpaz Baxriddin Chustiy ishni taom uchun ingredientlar xarididan boshlashgan. Oshpaz mahsulotlarni tanlab olar ekan, o’zbek oshxonasining cho’zma-lag’monini unsiz tasavvur qilib bo’lmaydigan taom deya qayd etib, milliy ziravorlar taom uchun muhim ahamiyat kasb etishi haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, oshpazning taʼkidlashicha, mintaqada Buyuk ipak yoʻli davridan maʼlum boʻlgan lagʻmon uning sevimli taomlaridan biridir.

Mahsulotlar xarididan so’ng, muxbir va oshpaz oshxonaga yo’l olishgan, shu tariqa o’zbek oshpazi Euronews muxbirini chaqqon harakatlari, rang va ta’m uyg’unligi, barra sabzovotlar hamda nafis ziravorlar birlashmasi bilan hayratda qoldirgan.