“Forbes” jurnali O‘zbekistonni 2022-yilda sayohat qilish uchun 50 ta eng yaxshi turistik davlatlar ro‘yxatiga kiritdi

Jurnal o’z nashrida, Vatanimizning tarixiy manzillari bo’lmish, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini “UNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan” deya qayd etgan.

“O‘zbekistonning rivojlangan infratuzilmasi sayohatchiga O‘zbekiston poytaxti Toshkentdan Buyuk ipak yo‘lining asosiy shaharlari bo‘lmish Samarqand, Buxoro va Xivaga bemalol yetib borish imkonini beradi. Uch shahar zamonaviy tezyurar poyezdlar orqali bog‘langan. Ushbu yo‘nalishdagi deyarli har bir shahar UNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan”.

“Qadimgi Xiva shahridagi Ichanqal’a o‘zbek shaharlari orasida birinchi bo‘lib Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Buxoroda ko‘plab bezatilgan qadimiy madrasalar (maktablar), tarixiy obidalarga tashrif buyurish va qadimiy savdo gumbazlaridan esdalik sovg‘alarini xarid qilish imkoniyatini beradi. Samarqand nafis Registon maydoni bilan kishini hayratga soladi”. - deya qayd etiladi nashrda.