Fransuz bageti YUNESKOning nomoddiy merosi ro'yxatiga kiritilmoqda

Fransuz bageti insoniyat tomonidan saqlanishi kerak bo'lgan qadrli an'ana sifatida BMTning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilmoqda. Manbaalarda, qayd etilishicha baget 1839-yilda Vena shahrida tug'ilgan novvoy Avgust Zang tomonidan ixtiro qilingan.

Shu hafta Marokashda yig'ilgan Yunesko ekspertlari oddiy fransuz "nayini" - faqat un, suv, tuz va xamirturushdan tayyorlangan - BMT e'tirofiga loyiq deb qaror qilishdi.

Bu Fransiya madaniyat vazirligi an'anaviy novvoyxonalar sonining "doimiy qisqarishi" haqida ogohlantirganidan so'ng yuz berdi. Xabarlarga ko'ra, so'nggi yarim asr davomida har yili 400 ga yaqin novvoyxonalar yopilgan.

Fransiyaning sobiq madaniyat vaziri Azulay xonim "Bu hunarmandchilik bilimlari va ijtimoiy amaliyotlar kelajakda ham mavjud bo'lishi muhim", - deya ta'kidladi.

Shuningdek, Fransiya hukumati fransuzlarni o'z merosi bilan yaxshiroq bog'lash uchun "Ochiq nonvoyxona" kuni deb nomlangan hunarmand baget kunini yaratishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

An'anaviy novvoyxonalar sonining qisqarishiga qaramay, Fransiyaning 67 million aholisi hali ham turli savdo nuqtalarida, jumladan supermarketlarda sotib olingan baget iste'molchilari bo'lib qolmoqda.