Gazprom-Media TikTok analogini ishga tushirmoqchi

Kompaniya dasturni 2021-yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirgan.
Gazprom-Medianing Ritm Media kompaniyasi Yappy savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Yappy ilovasi AppStore'da mavjud, ammo hali ham yopiq sinovda.
300 ga yaqin bloggerlar ilovaning beta-testini sinovdan o‘tkazmoqda. Yappy "Я молодец" ilovasi asosida ishlab chiqilgan.
Ilovaning maqsadli auditoriyasi-14-34 yoshdagi foydalanuvchilar.
Mutaxassislarning fikricha, TikTok bilan raqobatlashish uchun ilova mualliflariga milliardlab rubl kerak bo‘ladi.






