Google Rossiyada reklama savdosini to'xtatdi

Google kompaniyasi Rossiyada onlayn reklama sotishni to'xtatishini e'lon qildi. Bu qidiruv tizimi, YouTube video xizmati va barcha tashqi nashriyot hamkorlariga tegishli. Kompaniya savdolarning to‘xtatilishini Roskomnadzor talablari bilan bog‘ladi.

Google Rossiyada har qanday onlayn reklamani sotishni vaqtincha taqiqladi. Taqiq qidiruv sahifalaridagi reklama, YouTube videoxostingi va tashqi hamkorlarga taalluqlidir.

“Favqulodda vaziyatlardan kelib chiqib, biz Rossiyada Google reklamasini toʻxtatmoqdamiz. Vaziyat jadal rivojlanmoqda va biz kerak bo'lganda yangilanishlarni baham ko'rishda davom etamiz”, - dedi kompaniya. Avvalroq Google Rossiya davlat ommaviy axborot vositalariga o‘z texnologiyasidan foydalangan holda reklama sotib olish yoki sotishni taqiqlagan edi.

Roskomnadzor 28-fevral, dushanba kuni Googledan Rossiya qo‘shinlari va ukrainalik tinch aholi vakillari qurbon bo‘lganligi haqidagi noaniq ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan reklamalarni ko‘rsatishni to‘xtatishni talab qildi.

3-mart kuni esa, Googledan “harbiy operatsiya” haqida “Rossiya auditoriyasini noto‘g‘ri ma’lumot berishga” qaratilgan Ukraina haqidagi “yolg‘on siyosiy ma’lumotlar”ga ega YouTube reklamalarini ko‘rsatishni to‘xtatishni talab qildi.