Hukumatlararo komissiyaning 8-yig'ilishi natijalari

2021 yil 15-may kuni Toshkentda O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Majlisni komissiyaning hamraislari - O'zbekiston Bosh vaziri A. Aripov va Tojikiston Bosh vaziri K. Rasulzoda olib borishdi.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o'rtasidagi ochiq, ishonchli va konstruktiv muloqot ikki tomonlama munosabatlarning yangi strategik sheriklik darajasiga chiqishiga, ikki qardosh xalqlar o'rtasidagi do'stlik va o'zaro anglashuv muhitini mustahkamlashga hissa qo'shgani alohida ta'kidlandi.

Tomonlar O'zbekiston Prezidentining joriy yilda Tojikistonga bo'ladigan tashrifiga tayyorgarlik ko'rish munosabati bilan keng ko'lamli masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, tog'-kon sanoati va elektrotexnika sanoati, energetika va transport sohalarida kooperatsiya va mintaqalararo aloqalarni yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlarning muhokamasi bo'lib o'tdi.

Toshkentga tashrifi doirasida Tojikiston delegatsiyasi O'zbekiston poytaxtining bir qator etakchi sanoat korxonalarida bo'ldi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiya yig'ilishi yakunlari bo'yicha protokol imzolandi.