Instagram uchun yangi daromad manbalari

Instagram rahbarlari Mark Sukerberg va Adam Mosseri ijtimoiy tarmoqning yangi siyosatini bir qator jonli efirlarda e’lon qilishdi. Tarmoq rahbarlarining fikriga ko'ra, tez orada Instagram ijtimoiy tarmog'idagi kontent mualliflari ko'proq pul ishlashlari mumkin bo'ladi.

Endi Instagram bloggerlik reklamalari va pul xayriyalaridan komissiya evaziga pul ishlashni rejalashtirmoqda. Mazkur yo’nalish Apple Facebook va Instagramga maqsadli reklama uchun ma'lumot to'plashni taqiqlaganidan so'ng tanlandi. Maqsadli reklama ijtimoiy tarmoqning bugungi kundagi asosiy daromad manbai hisoblanadi.

“Biz ilgari blogerlar va brendlarga Sponsored yorlig'i bilan yordam berar edik. Endi esa biz blogerlar uchun ham, brendlar uchun ham, biz uchun ham daromad olishga qaratilgan 4 yo’nalishni ishga tushirmoqdamiz. Bular: tovarlarni sotish, choy-chaqa, raqamli mahsulotlar va sheriklik dasturi", ta’kidladi Instagram rahbari Adam Mosseri.

Bu amalda nimani o'zgartiradi? Instagram blogerlari, shu jumladan, Ukraina, Belorussiya va Rossiyalik blogerlar - ijtimoiy tarmoqdan to'lovlarni qabul qilishni boshlaydilar. To'lovlar faqatgina a) Instagramda muxlislar bazasiga ega b) doimiy ravishda kontent yaratadiganlarni nazarda tutadi.

Blogerlar maxsus yangi funksiyalar yordamida tovarlarni, shuningdek sherik brendlar tovarlarini to'g'ridan-to'g'ri Instagramda sotishlari mumkin. Bloger har bir sotuv uchun - yoki muxlislarning xayr-ehsoni uchun Facebookning ichki hamyoniga pul oladi.

Instagram qanday raqamli tovarlarni (digital goods) qo'llab-quvvatlamoqda? Bu, ehtimol, ko'plab blogerlarni kutgan narsa - Instagramdan chiqmagan holda, pdf, fotosuratlar, tasvirlarni sotish imkoniyatidir. Buning uchun Instagram yangi tashkilot yaratadi: Creator Shops, profildagi bloglik do'konlari.