Instagramda 3D reklama paydo bo’ladi

Instagram brendlar uchun 3D reklamalar ishga tushirilishini e'lon qildi.

Funksiya quyidagicha ishlaydi: mahsulotning 3D modeli biznes menejeri orqali yuklanadi, so’ngra Meta hamkor dasturi uni avtomatik ravishda reklamaga aylantiradi.

Foydalanuvchi uchun Instagram va Facebookda maqsadli reklamalar yangi "View in 3D" (3D formatda ko'rish) tugmasi bilan namoyon bo’ladi.

Tugmani bosish orqali mahsulotni aylantirish va turli burchaklardan ko'rish mumkin bo’ladi. Ayni damda mazkur funksiya yopiq tarzda sinovdan o’tkazilmoqda.