“Ipak yo'li” Turizm xalqaro universitetiga kirish imtihonlari sun'iy intellekt yordamida tekshiriladi

Bugundan boshlab “Ipak yo'li” Turizm xalqaro universitetida yetakchi onlayn "Examus" proktoring tizimi yordamida kirish imtihonlari boshlandi.

"Biz O'zbekistondagi Examus avtomatlashtirilgan onlayn-protokollash tizimi yordamida imtihon topshiradigan birinchi universitet bilan hamkorlikni boshlaganimizdan xursandmiz, bundan keyingi hamkorlikka umid qilamiz va Ipak yo'li turizm universiteti boshqa universitetlar uchun namuna bo'lishiga ishonamiz". "Examus" kompaniyasining loyiha menejeri Panchenko Andrey.

Onlayn proktoring- bu sun'iy intellektga asoslangan, imtihon paytida taqiqlangan harakatlarni aniqlaydigan monitoring tizimi. Monitoring uchta manbadan amalga oshiriladi: audio, video va ish stoli ekranini yozib olish. Bu tizim AQSh, Yevropa, Osiyo, Rossiya va Qozog'istonning yetakchi universitetlari tomonidan besh yildan ziyod vaqt davomida faol qo'llanilgan.