Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy jihatlari

"Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari" mavzusida, O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash va komplaens-nazorat tizimini rivojlantirish masalalariga katta e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi. Bu borada davlat hokimiyati organlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va nazorat qilish ham qonun darajasida, ham aholi, ommaviy axborot vositalari va jamoat institutlari tomonidan amalga oshirilishi lozimligi qayd etildi.  

Tadbirning ochiq formati ishtirokchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollarni berish va muhokamada faol ishtirok etish imkonini berdi, buning natijasida ularning huquqiy savodxonligi va ushbu sohadagi Qonunchilik bilimlari darajasini oshirishga erishildi.

Seminar yakunida bunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish imkoniyatlari ko'rib chiqildi