Litvada "Kurash bo'yicha O'zbekiston Prezidentining Gran-pri" musobaqasi tashkil etiladi

30-iyun kuni O'zbekistonning Litvadagi elchisi Qadambay Sultonov Litva Xalq kurashi federatsiyasi vitse-prezidenti, Xalqaro belbog'li kurash federatsiyasi prezidenti Gintautas Vileita bilan uchrashdi.

Tomonlar o'zbek kurashini Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish istiqbollarini muhokama qildilar. Hamda Gintautas Vileita "Kurash" sportining dunyo miqyosidagi obro'sining barqaror o'sib borishini ta'kidlab, shu yilning 11-12 iyul kunlari Vilnus shahrida "Kurash bo'yicha O'zbekiston Prezidentining Gran-pri" musobaqasini tashkil etishga rozilik bildirdi.

Suhbat davomida ushbu bellashuvda Frantsiya, Germaniya, Gretsiya, Bolgariya va boshqa mamlakatlardan kurashchilar ishtirok etishi ta'kidlandi. Shuningdek, O'zbekiston fuqarolarining Litvaga kelishi bilan bog'liq logistik masalalar muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, ushbu musobaqaning tashkil etilishi milliy "Kurash" sportimizni dunyo miqyosida ommalashtirishga turtki beradi va sportchilarimizga xalqaro maydonlarda raqobatlashishga imkon yaratadi.