Mintaqaviy xavfsizlik yangi davri ostonasida: O’zbekiston Markaziy Osiyodagi tinchlikparvar mamlakat yoxud ko’pni ko’rgan “oqsoqol” davlat

29 aprel kuni Markaziy Osiyo OAVni Qirgʼiziston va Tojikiston oʼrtasidagi harbiy mojaro toʼgʼrisidagi xabar hayratda qoldirdi. Mojaroga uzoq tarixga ega boʼlgan hududiy nizolar sabab boʼlgan. Ammo Oʼzbekiston Prezidenti tomonidan oʼz vaqtida koʼrilgan diplomatik choralar tufayli ziddiyat bartaraf etildi va tomonlar muzokara stoliga oʼtirishga qaror qildilar. Biz mojaroni hal qilishda Oʼzbekiston qanday rol oʼynaganini va bu Oʼzbekistonning geosiyosiy maydonga qanday taʼsir ko'rsatishi mumkinligini tahlil qilishga harakat qildik.

 

Aprel oyining soʼnggi kunlarida Qirgʼiziston va Tojikiston oʼrtasida mojaro kelib chiqdi, natijada, OAV maʼlumotlariga koʼra, ikkala tomondan 200 dan ortiq fuqarolar yaralandi va 20 dan ortiq kishi vafot etdi. 30 aprelda tomonlar toʼliq sulhga erishib, qoʼshinlarni olib chiqib ketish boʼyicha kelishib oldilar. 

Mintaqadagi xalqaro tashkilotlar va yirik davlatlar "katta qiziqish" bilan faqat vositachi boʼlish takliflari bilan cheklandilar, Oʼzbekiston esa mojaroni hal qilish uchun aniq harakatlarni amalga oshirdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati xabar qilganidek, 30 aprel kuni davlatimiz rahbari har ikki tomon bilan telefon orqali muloqotlar oʼtkazdi va muammolarni tinch yoʼl bilan hal qilishga chaqirdi. Suhbat chogʼida Mirziyoyev: barcha masalalarni faqat doʼstlik, yaxshi qoʼshnichilik va sheriklik ruhidagi muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʼli bilan hal qilish muhimligini taʼkidlandi.

 

Prezident Mirziyoyevning ushbu siyosiy tashabbusi Oʼzbekistonni mintaqadagi tinchlikparvar mamlakat sifatida yana bir karra namoyon etdi. 

Shu oʼrinda aytish lozimki, biz Oʼzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy rolini isloh qilishning tarixiy lahzasida yashayapmiz. Sh.Mirziyoyevning ushbu harakati mintaqaviy xavfsizlik masalalari chet elda emas, Toshkentda hal qilinishini mumkinligini koʼrsatmoqda.

Yana bir misol. Afgʼonistondan Amerika qoʼshinlarini olib chiqishdagi mojarolarni hal qilishda Oʼzbekistonning harakatlari mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashida muhim ahamiyatga ega ekanligini koʼrsatdi. Oʼzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida eng qudratli armiyaga ega, bundan tashqari, Oʼzbekiston prezidentining vakolati butun dunyoda oʼz oʼrniga egadir. Shubhasiz, bu Gʼarbning mintaqadagi "tartibga soluvchi" sifatida Oʼzbekistonga boʼlgan qiziqishini kuchaytiradi, bularning barchasi iqtisodiy koʼrsatkichlarning oʼsishiga, ishonch va obroʼning oshishiga, Oʼzbekistonga katta miqdordagi investitsiyalar kiritilishiga sabab boʼladi. 

Aftidan biz Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixida yangi davr arafasida turibmiz, u yerda yangi geosiyosiy omillar va iqtisodiy tendensiyalar tufayli Oʼzbekiston Markaziy Osiyo yetakchisi, qudrat va barqarorlik manbai - iqtisodiy va geosiyosiy sohalarda mintaqani rivojlantirish markaziga aylanadi. 

Oʼzbekistonning saʼy-harakatlari sabab Afgʼonistonda taʼminlanayotgan tinchlik sabab ushbu mamlakatga qiziqish ortmoqda. 

2021 yil 2-may kuni Oʼzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Abdulaziz Komilov AQShning Afgʼoniston boʼyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan muzokara oʼtkazdi. Amerika vakili Oʼzbekistonning Afgʼonistonga koʼrsatayotgan har tomonlama yordamini yuqori baholadi.

Oʼzbekiston Prezidenti mintaqadagi nufuzini butun dunyoga namoyish qildi. Shu bilan Oʼzbekiston nafaqat ichki barqarorlik uchun, balki mintaqaviy tinchlikni taʼminlash uchun ham harakat qilayotganini isbotladi. Bunday harakatlar bilan Oʼzbekiston Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan mintaqaviy darajadagi muvozanatli va tinchlikparvar tashqi siyosati tufayli kuch markazi va barqarorlik manbai sifatida oʼz mavqeini yanada mustahkamlamoqda.